2023-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12,75 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Rossiya – 2,8 mimgdan ziyod korxonalar bilan oldinda. Keyingi o‘rinda 1,9 ming korxonalar bilan Xitoy turibdi. 1,7 ming korxona bilan Turkiya uchinchi o‘rinda.
Eng kam korxona va tashkilotlar soni Ozarbayjon (200 ta) va Turkmaniston (136 ta) davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq, «Kursiv» Qancha oilaviy korxonalar mavjudligi haqida yozgan edi.