Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 8 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.
Xabarga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlangan. Buning natijasida 254,5 million so‘m miqdorida jarima solingan.
Jarima sanksiyalari qo‘llanilganlar ro‘yhatiga «Euroasia Insurance» AJ QK, «Euroasia Life Insurance» AJ, «Dd General Insurance» AJ, «Sharq-sug‘urta» AJ, «Aiskom sug‘urta kompaniyasi» AJ, «Unipolis” Aj ST, «Kapital sug‘urta» AJ, «Omad sug‘urta» AJ kabi tashkilotlar kiritilgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda sug‘urta bozori dinamikasi qanday ekani haqida yozgan edi.