Jahon banki O‘zbekistonga karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi

eʼlon qilindi
Ushbu maqsadlar uchun 46 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

Jahon banki O‘zbekistonga respublika energetika sektorini o‘zgartirish loyihasi (iCRAFT) doirasida 46,2 million dollar ajratadi, deb xabar qildi moliya instituti matbuot xizmati.

Foto: Unsplash

Bitim Marokashda bank va O‘zbekiston hukumati vakillari tomonidan imzolangan.

Tashabbus doirasida yaqin to‘rt yil ichida O‘zbekistondan karbonat angidrid gazini sotib olish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz jahon uglerod bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Toshkent ajratilgan mablag‘ning bir qismini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini tariflar oshishidan himoya qilishga sarflaydi. Jahon bankining qayd etishicha, respublika hukumati energetika sohasini isloh qilish niyatida, bu esa energiya resurslaridan foydalanish narxlarining oshishiga olib keladi.

iCRAFT loyihasi toza energiya ishlab chiqarishga, shuningdek, energiya subsidiyalarini yaxshilashga yordam beradi. U Jahon bankining Uglerod aktivlari fondi tomonidan moliyalashtiriladi.

Avvalroq, «Kursiv» 2022-yilda global karbonat angidrid chiqindilari rekord darajaga ko‘tarilganini yozgan edi.

Shuningdek