MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan qanday g‘oyalar ilgari surildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Tashabbuslar energetika, savdo va iqtisodiyot sohalarini qamrab oldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi, deb yozadi davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati

Undan tashqari yig‘ilishda Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari hamda MDH Bosh kotibi ishtirok etdi.

Mirziyoyev oʻz nutqi davomida hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qator gʻoyalarni ilgari surdi.

Jumladan, hamkorlikning keyingi rejalarini ishlab chiqish maqsadida MDH davlatlarining yetakchi tahliliy markazlari va ekspertlari konferensiyasini tashkil etishni taklif qildi.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yangilangan hamkorlik dasturi va Agrosanoat majmuasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi Bitim tayyorlash taklif etildi.

Mirziyoyev, shuningdek, yuk tashish, transport tizimi va ushbu sohalarda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni tayyorlash tashabbusi bilan chiqdi.

Gumanitar sohada O‘zbekiston Prezidenti 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti Samarqand shahrida MDH mamlakatlari madaniyati, san’ati va kinosi haftaligini o‘tkazishni taklif qildi.

U oʻz nutqi davomida kelgusi yilda Samarqand shahrida BMT shafeligida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro iqlim forumi doirasida MDH makonidagi ekologik muammolar va tahdidlarga bagʻishlangan maxsus yalpi majlis tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek