Andijonda muz majmuasi paydo boʻlishi mumkin

eʼlon qilindi
12 million dollarlik

Xitoylik investorlar Andijon viloyatida yopiq muz majmuasi qurish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Unsplash

Qurilish qiymati 12 million dollarga baholanmoqda, muz saroyining maydoni 4 gektarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, uning hududida 500 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etiladi.

Xitoylik sarmoyadorlar ham qayta ishlangan mevalarni eksport qilishdan manfaatdor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi holatiga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 11 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, o‘tgan yil oxirida bu ko‘rsatkich 2,2 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Dongfeng Special Car kompaniyasi Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida elektrobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkinligini yozgan edi.

Shuningdek