Captiva-5 avtomobil narxlari maʼlum qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Sotuv tez kunda boshlanadi

Chevrolet Captiva (Captiva–5) sotuvi 2023-yilning oktyabr oyi yakunida boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zavtosanoat» vakili «Daryo»ga maʼlum qilgan.

Foto: Unsplash

Captiva–5 uchta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha bo‘ladi. LT1 (5 o‘rindiqli) – 299 900 000 so‘m, LT2 (7 o‘rindiqli) – 319 900 000 so‘m, Premier (7 o‘rindiqli) – 349 900 000 so‘m.

Bu narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Avvalroq, «Kursiv» UzAuto Motorsning 2024-yilgacha shartnomalari bo‘lish yoki bo‘lmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek