Chelyabinskdan Toshkentga yana poyezdlar qatnay boshlaydi

eʼlon qilindi
Pandemiya sababli ushbu temir yoʻl yoʻnalishida qatnov toʻxtatilgan.

Chelyabinskdan Toshkentga yana poyezdlar qatnay boshlaydi. Bu haqda «Rossiya temir yo‘llari»ga tayanib, «Kommersant» xabar berdi.

Foto: Piqsels.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha poyezdlar harakati joriy yilning 10 dekabridan tiklanadi. 2020-yil mart oyidan boshlab koronavirus pandemiyasi sababli Chelyabinskdan Toshkentga qatnov amalga oshirilmagan.

10 dekabrdan boshlab yana ikkita xalqaro poyezdlar harakati tiklanadi – Minsk – Mineralniye Vodi va Minsk – Arxangelsk.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Afrosiyobga chiptalar narxining ko‘tarilishi sababi haqida yozgan edi.

Shuningdek