Chelyabinskdan Toshkentga yana poyezdlar qatnay boshlaydi. Bu haqda «Rossiya temir yo‘llari»ga tayanib, «Kommersant» xabar berdi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha poyezdlar harakati joriy yilning 10 dekabridan tiklanadi. 2020-yil mart oyidan boshlab koronavirus pandemiyasi sababli Chelyabinskdan Toshkentga qatnov amalga oshirilmagan.
10 dekabrdan boshlab yana ikkita xalqaro poyezdlar harakati tiklanadi – Minsk – Mineralniye Vodi va Minsk – Arxangelsk.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Afrosiyobga chiptalar narxining ko‘tarilishi sababi haqida yozgan edi.