«Uzbekistan Airways» turizm oyligi munosabati bilan nafaqaxoʻrlar uchun Oʻzbekiston boʻylab parvozlarga 25 foizlik chegirma joriy qiladi, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
Aviachiptalarning arzonlashtirilgan narxlari 1-noyabrdan 30-noyabrgacha ekonom-klassdagi tariflar uchun amal qiladi. Chiptalarni UzAirways Savdo filialida yoki aviatashuvchi agentlaridan xarid qilish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yil may oyida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi har yili keksalar oʻrtasida turizm oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi. Havo va poezd chiptalariga chegirmalardan tashqari, nafaqaxo’rlar uchun ekskursiyalar taklif etiladi.
Avvalroq, «Kursiv» «Uzbekistan Airways»ning sof foydasi deyarli to‘rt baravar kamayganini yozgan edi.