“Oʻztemiryoʻlkonteyner”ni xususiylashtirish toʻxtatildi

eʼlon qilindi
Kompaniya qayta tashkil etilmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) tomonidan «Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJ ustav kapitalidagi 35 foiz ulushini xususiylashtirish jarayonlari toʻxtatilganligi maʼlum qilindi.

Foto: drmadra / depositphotos.com

Sababi – «Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJ «Temiryoʻlkargo» AJ sifatida qayta tashkil etilmoqda. Temir yoʻl transporti sohasining biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, yuk tashishda tannarx va xarajatlarni kamaytirish maqsadida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va uning tizim korxonalari isloh qilinmoqda.

Bu sotish jarayoni boʻyicha avvalgi chop etilgan eʼlonlarda Davaktiv agentligi va uning maslahatchisi sotish jarayonining muddatiga oʻzgartirish kiritish hamda toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qolishi qayd etilgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda temir yo‘l transporti islohoti boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek