Andijonda paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
12 kilogramm paxta xom ashyosi yonib ketgan

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi paxta qabul qilish maskanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Unslash

Xabarga ko‘ra, 16-oktyabr kuni Baliqchi tumanida joylashgan «Tetratex» MCHJga qarashli paxta qabul qilish maskanida paxta xomashyosi yonib ketgan. Og‘irligi 12 kilogramm bo‘lgan.

«Yong‘in elektr kabellaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv kelib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan», — deyiladi munosabatda.

Yong‘in oqibatida Andijon-36 navli 1-sort 2-sinfga kiruvchi paxtaning yuza qismi yongan. «Tetratex» rahbari tomonidan tadbirkorga mahsulotga yetkazilgan zarar aniqlanib, to‘liq qoplangan.

Shuningdek