O‘zbekiston G‘azodagi shifoxonaga qilingan hujumni qoraladi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga raketa hujumini qoraladi.

Foto: Al Jazeera

«G‘azo sektoridagi «Al-Ahli» kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz. Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqiramiz», – deyiladi TIV bayonotida.

Avvalroq, «Kursiv» G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lganini yozgan edi. Isroil va Falastin rasmiylari voqeada bir-birini ayblamoqda.

Shuningdek