Bo‘stonliqda GTES quriladi

eʼlon qilindi
1 milliard dollarlik

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan «Yuqori Pskem» gidro to‘plash elektr stansiyasi quriladi.

Foto: «O‘zbekgidroenergo» AJ

«Bir makon, bir yo‘l» forumi doirasida «O‘zbekgidroenergo» AJ va Xitoyning «China Southern Power Grid International» kompaniyasi stansiyaning istiqbolli loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida ushbu kompaniya bilan qiymati 1 mlrd 640 mln dollarga teng, quvvati 820 MVt bo‘lgan 3 ta loyiha: «Yuqori Pskem» GTES (quvvati 200 MVt), «Qarateren» GTES (500 MVt) hamda «Yuqori Pskem» GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Avvalroq, «Kursiv» «O‘zbekgidroenergo» AJ «yashil energiya» sertifikatlarini sotishni boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek