Bugun qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Respublika bo‘ylab yomg‘ir kuzatilmaydi

O‘zbekiston poytaxtida 19-oktyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet. Shamol sharqdan 3-8m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12° iliq bo‘lsa, kunduzi 23-25° bo‘ladi.

Foto: AndrewLozovyi / depositphotos.com

Qoraqalpog‘Iston va Xorazm viloyatida Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda  Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Shuningdek