O‘zbekiston poytaxtida 20-oktabr kuni havo harorati kunduzi 23-25° iliq bo‘ladi, kechasi 10-12° bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromed».
Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechqurun havo Qoraqalpog‘istondagidek bo‘ladi. Kun davomida termometr 25° darajaga ko’tarilishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 27° darajagacha ko’tarilishi mumkin, kechqurun esa 7-12° darajagacha tushadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yomg’ir kutilmaydi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farnag viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.