
Acer yangi Go 16 Business Laptop (N25JJ3) modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.
Yangi noutbuk Xitoy bozorida taxminan $600 narxda sotilmoqda va shu sababli u yangi MacBook Neo bilan taqqoslanmoqda.
Protsessor va unumdorlik
Noutbuk Intel Core 5 210H protsessori bilan jihozlangan. Bu chip aslida Core i5-13420H modelining tezlashtirilgan versiyasi hisoblanadi.
Geekbench testlariga ko‘ra:
- Intel Core 5 210H – taxminan 9500 ball;
- Apple A18 Pro (MacBook Neo) – taxminan 9000 ball.
Biroq Apple platformasida grafik protsessor (iGPU) ancha kuchli ekani qayd etilgan.
Xotira va saqlash
Yangi Acer noutbuki quyidagi konfiguratsiyani taklif qiladi:
- 16 GB operativ xotira;
- 1 TB SSD.
Bu ko‘rsatkichlar ko‘plab konfiguratsiyalarda MacBook Neo taklif qilayotgan variantlardan yuqori.
Ekran va boshqa xususiyatlar
Acer Go 16 Business Laptop quyidagi imkoniyatlarga ega:
- 16 dyuymli Full HD ekran;
- Wi-Fi 6;
- 3 ta USB-A port;
- 1 ta USB-C port;
- 10 soatgacha batareya ishlash vaqti.
Noutbukning og‘irligi 1,8 kg bo‘lib, 16 dyuymli qurilma uchun nisbatan yengil hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple’ning arzon MacBook’i narxi 700 – 750 dollar atrofida bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.