Dollar 21,01 so‘mga arzonlashdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Amerika valyutasining qiymati 12 210 so‘mga yetdi

20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 21 so‘m 1 tiyinga pasaydi. Amerika valyutasining qiymati 12 210 so‘mga yetdi. Markaziy bank valyuta kursini ham shu darajada belgiladi.

Foto: cooperr007 / www.depositphotos.com

Respublika tijorat banklarining kassalarida 20-oktabrda dollarni xarid kursi 12 170 so‘mdan 12 230 so‘mgacha etib belgilandi. Sotish kursi 12 250 – 12 290 so‘m oralig‘ida belgilandi.

Avvalroq, «Kursiv» 19-oktabrda dollar kursi 24,08 ga oshganini yozgan edi.

Shuningdek