Uzbekistan Airways Toshkentdan Nyu-Yorkka chiptalar narxini 20 foizga pasaytiradi

eʼlon qilindi
Chegirmalar keyingi yilning yanvar oyidan boshlab amal qiladi
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Nyu-Yorkka va teskari aviaqatnovlarga 20 foizlik chegirma joriy qiladi, deb xabar qildi aviatashuvchi matbuot xizmati.

Chegirmalar 2024-yil 21-yanvardan 2024-yil 29-fevralgacha amal qiladi. Aviachiptalarni joriy yilning 20-oktabridan 30-noyabriga qadar arzonlashtirilgan narxda xarid qilishingiz mumkin, deya aniqlik kiritdi kompaniya.

20-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtidan Nyu-Yorkka eng arzon chipta narxi 7,2 million so‘m, eng qimmati – 20,6 million so‘m.

Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airways nafaqaxo‘rlar uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab havo qatnoviga 25 foizlik chegirma joriy qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek