Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan iqlim boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzoladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Hujjat kam uglerodli iqtisodiyotga o'tishni osonlashtirishi kerak
                    
                            
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.
Hujjat yozda Toshkentda imzolangan edi. Uni amalga oshirish O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga yuklandi.
Kelishuv davlatlarning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha salohiyatini kuchaytirishi va kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni osonlashtirishi kutilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Jahon banki atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish uchun 46 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishini yozgan edi.
