
Uzbekistan Airways 1-dekabrdan Pxuket oroliga (Tailand) qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi aviakompaniyaning axborot xizmati.
Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Pxuket – Tailandning provinsiyasi va eng katta oroli. Orol tropik kurortlari bilan sayyohlarni o’ziga tortadi va oq qumli plyajlari bilan mashhur.
Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airways Toshkentdan Nyu-Yorkka chiptalar narxini 20 foizga pasaytiradi deb yozgan edi.