Bitkoin narxi birja fondi yaratilishi haqidagi xabarlar fonida ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Foto: iXBT

Bitkoin dushanba kuni 10% ga oshdi va seshanba kuni o‘sishda davom etdi. Tahlilchilar bu o‘sishni kriptovalyuta birjasi fondini yaratish ehtimoli haqidagi muhokamalar bilan bog‘lashmoqda, deb yozadi Reuters axborot agentligi.

Bitkoin narxi bir kun avval 34 283 dollarga yetgan.

Kriptovalyuta bilan bog‘liq kompaniyalarning aksiyalari ham o‘sishni boshladi: Coinbase Global, Marathon Digital va MicroStrategy.

Birja fondi kengroq investorlarga kriptovalyuta operatsiyalarida ishtirok etish imkonini berishi kutilmoqda. Tashkilotning yaratilishi yaqin uch oy ichida kutilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pakdan O‘zbekistondagi konchilik bilan bog‘liq vaziyat haqida intervyu olgan edi.

Shuningdek