Qanot Sharq Toshkent va Madrid o‘rtasida parvoz qila boshlaydi

eʼlon qilindi
2024-yilning bahor oyidan
Foto: O‘zbekiston transport vazirligi

O‘zbekistonning «Qanot Sharq» aviakompaniyasi Toshkent va Madrid o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Aviaci Online portali marshrutni rejalashtirish bo‘yicha Diio Mi ilovasiga havola bilan xabar berdi.

Bu haqda «Kursiv» muxbiri «Qanot Sharq» bilan bog‘landi. Kompaniya havo qatnovi yo‘lga qo‘yilganini tasdiqladi, biroq parvozlar boshlanish sanasini ayta olmadi.

Portal maʼlumotlariga koʻra, parvozlar 2024-yil 9-martdan boshlab haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya saytida chiptalar allaqachon sotuvga qo‘yilgan. Narxi 4,3 million so‘mdan boshlanadi.

Bu Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasida to‘qqiz yil ichida birinchi muntazam to‘xtovsiz havo qatnovi bo‘ladi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» 2010-2014-yillarda Toshkent va Madrid o‘rtasida parvozlarni amalga oshirgan.

Avvalroq, «Kursiv» Red Wings Qozondan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishini yozgan edi. Birinchi reys 30-oktabrga belgilangan.

Shuningdek