Toshkentning ikkita tumanida gaz ta’minoti to‘xtatildi

eʼlon qilindi
Buning sababi — ta’mirlash ishlari
Фото: Piqsels.

Toshkentda 24-oktabr kuni ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli va Yashnobod tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi, deb xabar berdi Hududgaz Poytaxt.

Sergeli tumani «Qumariq» mahallasidagi 120 ta xonadon va to‘rtta ulgurji iste’molchida soat 10:00 dan 16:00 gacha gaz bo‘lmaydi.

Yashnobod tumanidagi «Tavkat tepa» mahallasidagi 420 ta xonadon va beshta ulgurji iste’molchida soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz o‘chiriladi.

Avvalroq, «Kursiv» Andijon viloyatida gaz narxini oshirib yuborayotgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi yopilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek