Spotify daromadlari tahlilchilarni hayratda qoldirdi

eʼlon qilindi
Shvetsiya striming xizmati 2023-yilda birinchi marta choraklik foyda ko‘rdi
Foto: Primakov / www.depositphotos.com

Dunyodagi eng yirik musiqiy striming xizmati Spotify’ning 2023-yilning uchinchi choragidagi daromadi 3,4 milliard yevroni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilgidan 11 foizga ko‘p, deb yozadi «Kommersant».

Bungacha Spotify ma’lum vaqt davomida yo’qotishlarga duch kelgan edi: ikkinchi chorakda kompaniya 302 million dollar yo’qotdi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, striming xizmatining so‘nggi natijalari tahlilchilar taxmin qilganidan yaxshiroq bo‘lgan. Ular har bir aksiya uchun 0,2 yevro yo‘qotishni kutishgan, biroq kompaniya o‘rniga 0,33 yevro daromad olgan.

Spotify natijalariga xarajatlarning kamayishi, auditoriyaning o‘sishi va reklama daromadi sabab bo‘ldi. Kompaniya aksiyalari narxi 8,7 foizga qimmatlashdi.

Spotify — dunyodagi eng yirik shved musiqa striming xizmati. 2021 yilda uning foydalanuvchilari soni butun dunyo bo’ylab 300 milliondan ortiqni tashkil etdi

Shuningdek