Dollar yana o’sishga qaytdi

eʼlon qilindi
Uning narxi 12 210,08 so’mni tashkil qildi
Foto: Piqsels.

26-oktabr kuni dollarning narxi ko’tarilib, O‘zbekiston valyuta birjasida 12 210,08 so’mni tashkil qildi. 25-oktabr kuni kursi bilan tenglashtirganda dollarning narxi 14,95 so’mga qimmatlashdi.

Tijorat banklarida dollarni xarid qilish kursi 12 135 – 12 205 so‘mni tashkil qilmoqda. Sotish kursi 12 230 – 12 270 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq, «Kursiv», 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan $8,4 milliard pul jo‘natmalari kelib tushgani xaqida yozgan edi.

Shuningdek