O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani o‘zgartirmadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyotida inflyatsion jarayonlar va kutilmalar tezlashdi
Foto:

Oʻzbekiston Markaziy banki 26-oktabr kuni boʻlib oʻtgan boshqaruv yigʻilishida asosiy stavkani oʻzgartirmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati.

Markaziy bank mazkur qarorni quyidagicha izohladi: «Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini taʼminlashga xizmat qiladi».

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi inflyatsion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarmidagi pasayishdan keyin tezlashdi.

Bu yil regulyator ettinchi marta asosiy stavka bo’yicha yig’ilish o’tkazdi. 14-sentabrdagi so‘nggi yig‘ilishda ham 14% da qoldi. Bu yil Markaziy bank faqat mart oyida stavkani o’zgartirdi.

Joriy yilda oxirgi marta Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek