O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi almashdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Dilshod Axatov Germaniya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: bundespraesident.de

O’zbekistonning Germaniyaga yangi Mavqulodda va Muxtor elchisi Dilshod Axatov tayinlandi. U Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar va kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Rasmiy marosimdan so‘ng Germaniya rahbari qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ko‘tarildi.

Dilshod Axatov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar oxirgi uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchisi lavozimida ishlagan. Avvalroq u 2010–2013-yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi rahbari etib tayinlangan edi. Shu bilan birga, u Yevropaning to‘rtta davlatida bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan.

Yangi lavozimida u Berlindagi elchixonada olti yil ishlagan Nabijon Qosimovni almashtirdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunlab, Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Edmondo Chirielli bilan uchrashgan edi.

Shuningdek