26-oktabr, payshanba kuni Toshkent shahrining Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi «Hududgaz Poytaxt».
O’chirish sababi – ta’mirlash ishlari.
Yashnobod tumani «Jo‘rabek» mahallasidagi turar-joy binolarida va ulgurji iste’molchilarda soat 17:00 gacha gaz bo‘lmaydi.
Yakkasaroy tumanida Afrosiyob ko‘chasidagi 500 ta xonadon va beshta ulgurji savdogarlar gazsiz qoldi.
Soat 11:00 dan 15:00 ga qadar Olmazor tumani, So‘g‘bon ko‘chasidagi 54 ta xonadon va beshta ulgurji iste’molchida gaz o‘chiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda gaz qazib olish deyarli 10% kamaydi.