O‘zbekistonga kelasi hafta yoz qaytadi

eʼlon qilindi
Havo +24°...+29° gacha isiydi
Foto: Piqsels.

Toshkent viloyatida 29-30-oktabr kunlari havo harorati +24°…+29° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Shu kunlarda kechasi havo harorati +9°…+14° gacha pasayadi.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham shunday ob-havo kuzatiladi.

Ushbu hududlarda 31-oktabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, havo harorati +17°…+22° gacha tushishi mumkin, deya xabar berdi meteo-xizmat.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek