Rossiya kompaniyasi Toshkentni yoritishda yordam beradi

eʼlon qilindi
Muzokaralar Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi savdo vakolatxonasi tomonidan olib borildi
Foto: Unsplash

Rossiyaning «Gardi» kompaniyasi Toshkentda shaharni yoritish loyihasini amalga oshirish niyatida, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi savdo vakolatxonasi.

Bu masala tashkilot vakillari va kompaniya rahbari Olga Kostina o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Gardi O‘zbekiston bozoriga kirib, mamlakatda bir qator tajriba tashabbuslarini amalga oshirishi kutilmoqda.

«Gardi» 2019-yilda Moskva yaqinidagi Balashixada yaratilgan. Kompaniya lampalar va ular uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Kompaniya, shuningdek, tashqi yoritish tarmoqlarini inventarizatsiya qilish va infratuzilma kontseptsiyalarini ishlab chiqish bo’yicha xizmatlarni taqdim etadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda joriy qishda elektr ta’minotida uzilishlar kutilmasligini yozgan edi.

Shuningdek