Doniyor G‘aniyev Toshkent markaziga kirishni pulli qilib, tirbandliklarni kamaytirishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
U poytaxt avtobuslarida tekin yo‘l haqini qilmoqchi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev poytaxt avtobuslarida tekin yo‘l haqini qilish, lekin shaharning markaziy qismiga kirishda haydovchilardan pul undirish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

U bu taklifni radikal deb atadi va bu chora poytaxt hokimiyatiga yiliga 300 milliard so‘mga tushishini ta’kidladi.

«Menga qolsa bundan ham radikal taklif bor. Avtobusni hammaga bepul qilish. Bu hozirgi hisob-kitobda shahar hokimyatiga yiliga qo’shimcha 300mlrd so’mga tusharkan. Bu pullarni shahar markaziy qismiga kiradigan moshinalarga kunlik soliq solish orqali qoplasa bo’ladi», – deb yozdi deputat.

Uning fikricha, shu tariqa ko‘proq odamlar shaxsiy avtomobillaridan voz kechib, avtobus va metroga o‘tadi. Natijada shaharda tirbandliklar kamayib, transport harakati yanada tartibli bo‘ladi.

Bu, shuningdek, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish orqali avtobus haydovchilarining maoshlarini oshirishga yordam beradi.

Oxirgi kunlarda bir qancha markaziy ko‘chalar yo‘l va ta’mirlash ishlari uchun yopilganligi sababli Toshkent yo‘llarida tirbandlik yuzaga keldi. 30-oktabr, dushanba kuni ertalab Toshkentda sakkiz balli tirbandlik yuzaga keldi.

Shuningdek