Mirobod va Yashnobod tumanlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatildi

eʼlon qilindi
Ta’mirlash ishlari sababli
Foto: Pixabay.

30-oktabr kuni Toshkentning Mirobod va Yashnobod tumanlarida soat 17:00 gacha ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli gaz o‘chirildi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi.

Mirobod tumanidagi Boku, Jo‘rabek, Olot, Obod makon va Uz-bum ko‘chalarida joylashgan 450 ta xonadonda gaz o‘chirildi.

Yashnobod tumanidagi «Tong yulduzi» va «Qorasuv» mahallalaridagi 300 ta xonadonda gaz bo‘lmaydi.

Bu hududlarda yettita ulgurji iste’molchi ham gazsiz qoladi.

Avvalroq, «Kursiv» to‘qqiz oy yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda gaz qazib olish 10 foizga kamayib, 35,1 milliard kub metrga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek