30-oktabr, dushanba kuni Toshkentda sakkiz balli tirbandlik yuzaga keldi.
Eng katta avtomobillar to’planishi Nukus, Shota Rustaveli, Taras Shevchenko va Turkiston koʻchalarida qayd etilgan.
Soat 10:00 holatiga ko‘ra, poytaxtning Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida transport vositalari harakati sezilarli darajada murakkablashgan.
Shahar yo’llarida avtohalokatlar ham qayd etildi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent hokimligi shaharning markaziy ko‘chalari ochilish sanasini e’lon qilgani haqida yozgan edi.