Dilerlik markazlaridagi navbatlarga UzAuto javob berdi

eʼlon qilindi
Xaridorlarni faqat rasmiy manbalardan ma'lumot olishga chaqirishdi
Foto: Chevrolet UzAuto Motors

O‘zbekiston fuqarolarini Chevrolet avtomobillari bo‘yicha shartnomalar boshlangani haqidagi ma’lumotlarni faqat kompaniyaning rasmiy kanallari orqali olishga chaqirdi.

«Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli dilerliklarda katta navbatlar yuzaga keldi», — deyiladi xabarda.

Kompaniya avtomobillarga shartnoma tuzish nafaqat Chevrolet dilerlik markazlarida, iOS va Android platformalaridagi smartfonlar uchun UzAutoSavdo ilovasi, Telegram boti hamda savdo.uzavtosanoat.uz saytida amalga oshirilishi mumkinligini eslatdi.

Autostrada.uz portalining yozishicha, 30-oktabr kuni Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillari uchun shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar tufayli avtosalonlar kutilmagan odamlar oqimiga duch kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillari narxini oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek