O‘zbekistonda yomg‘irlar chorshanba kuni to‘xtaydi

eʼlon qilindi
O'zgidromet prognoziga ko'ra
Foto: Piqsels.

O‘zbekistonda 1-noyabr, chorshanba kuni yomg‘irli havo quruqlikka o‘zgaradi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, seshanba kuni mamlakat hududiga Kavkazdan salqin havo massalari kirib kelgan. Toshkentda soat 9:00 holatiga ko‘ra havo harorati +12° gacha pasaydi.

1 va 2 noyabr chorshanba va payshanba kunlari poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +17°…+20° gacha isiydi, kechasi esa +5…+8° gacha pasayadi.

Avvalroq, «Kursiv» Makkadagi al-Haram masjidi hovlisini kuchli yomg‘ir sababli suv bosgani haqida yozgan edi.

Shuningdek