O‘zbekiston byudjet taqchilligi qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Respublika keyingi yillarga daromad va xarajatlarni rejalashtirmoqda
Foto: YAY_Images / depositphotos.com

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni va Byudjetnoma loyihasi tasdiqlandi. Hujjatda kelasi yil uchun taqchilligi qanday bo’lishi aytiladi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Kursiv»ga xabar berdi.

Kuni kecha Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga ushbu loyiha hamda Byudjetnoma kiritildi. Ushbu qonun loyihasi 17 ta modda va 11 ilovadan iborat.

2024-2026- yillar uchun soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizga, 2025-2026-yillarda esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik. Byudjet taqchilligi qisqartirilishi iqtisodiyotda yalpi talabni o‘sishini tartibga solish, o‘z navbatida, tashqi savdo balansi manfiy taqchilligini va inflyatsion bosimni kamaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birgalikda, inson kapitali rivojlanishiga doir xarajatlar ustuvorligini taʼminlash va ijtimoiy himoyaning manzilligini kuchaytirish, ish haqi va pensiya miqdorlarini inflyatsiyadan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish, byudjet ochiqligini taʼminlash hamda byudjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini yana-da oshirishdir.

«Yashil byudjetlashtirish» tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish va atrof-muhit va tabiat muhofazasi, iqlim o‘zgarishiga moslashish tadbirlarining, suv sarfini kamaytirish va iqtisod qilib ishlatilishini rag‘batlantiruvchi tadbirlarni ustuvorligini taʼminlash ham kiritilgan.

Qonun loyihasiga muvofiq 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining o‘sish surʼati 5,6-5,8 foiz, unda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6 foizga, qurilish ishlari – 6,3 foiz, qishloq xo‘jaligi – 4 foizga va bozor xizmatlari – 14,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yoki uni aholi jon boshiga 4 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Inson kapitalini rivojlantirish uchun esa 102,5 trln so‘m yoki 2023-yil kutilayotgan ijroga nisbatan 13,5 trln so‘mga ko‘p rejalashtirilgan. Shundan maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga 56,4 trln so‘m, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish xarajatlariga 12,7 trln so‘m, sog‘liqni saqlashga 33,4 trln so‘m nazarda tutilgan.

Albatta aholini ijtimoiy himoya qilish ham nazarda tutilgan. Unga jami xarajatlari uchun 18,6 trln so‘m, shundan kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar to‘lash xarajatlariga 10,3 trln so‘m mablag‘ rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2024-yilgi byudjet loyihasida umumtaʼlim maktablari uchun markazlashgan investitsiyalar hajmi 2 barobarga oshiriladi. Bu orqali 170 mingga yaqin yangi o‘quvchi o‘rinlarni barpo etish va navbatlilik koeffitsiyentini tushirish uchun 4,1 trln so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.

Shuningdek