Red Wings Tatariston va O‘zbekiston poytaxtlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan bog‘laydi

eʼlon qilindi
Joriy yilning 16-noyabr kunidan boshlab
Foto: Class-Tour.

Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi 16-noyabrdan Qozon — Toshkent — Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Parvozlar haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya Rossiyaning Domodedovo aeroportida joylashgan. Bugun Red Wings O‘zbekistonning beshta shahriga parvoz qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» Red Wings Qozondan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edi.

Shuningdek