
Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi 16-noyabrdan Qozon — Toshkent — Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Parvozlar haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviakompaniya Rossiyaning Domodedovo aeroportida joylashgan. Bugun Red Wings O‘zbekistonning beshta shahriga parvoz qiladi.
Avvalroq, «Kursiv» Red Wings Qozondan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edi.