Toshkentda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ta'minlash turar-joy binolari va ijtimoiy ob'ektlaridan boshlanadi
Foto: Depositphotos.com / Georg.S.V

Toshkentda 6-noyabrdan boshlab turar-joy binolari, shuningdek, maktablar, shifoxonalar, bolalar bog‘chalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik ta’minoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

«3-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.», — deb aytishdi shahar maʼmuriyatida.

Hokimlik bunday qaror «fuqarolarning ko‘plab murojaatlari va ob-havo ma’lumotlari asosida» qabul qilinganini ta’kidladi.

Isitishga ulanishda muammolar yoki nosozliklar yuzaga kelsa, quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilsanqiz bo’ladi: 1055, 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63. Shuningdek, Toshkent shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham yordam so‘rashingiz mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent shahrida isitish mavsumi O‘zgidromet tavsiyasidan so‘ng hokim qarori bilan boshlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek