Amazon asoschisi Mayamiga ko’chib o’tishini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Milliarder avval Sietlda yashagan
Foto: Inc Russia

Amazon va Blue Origin asoschisi Jeff Bezos Sietldan Mayamiga (Florida) ko’chib o’tishini e’lon qildi.

Bu haqda u Instagram sahifasida yozgan. Milliarder ota-onasi Mayamiga qaytganini ta’kidladi.

Bezos, shuningdek, Blue Origin ishlarini kuzatib borish niyatida, chunki uning ishi Floridaga ko’chib o’tadi.

U yerda AQSh kosmik kuchlari bazasi, shuningdek, AQSh prezidenti Jon Kennedi nomi bilan atalgan raketa uchirish majmuasi joylashgan.

Avvalroq, «Kursiv» Blue Origin’ni uchta top-menejer tark etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek