O‘zbekiston qo‘shnilari bilan kelgusi yil uchun suv limiti bo‘yicha kelishib oldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ko‘rilgan chora-tadbirlar Orol dengiziga 1,6 milliard kub metr suv yetkazib berishni ta’minlaydi
Foto: Livejournal

Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining 85-yig‘ilishida Markaziy Osiyo davlatlari kelgusi yil uchun suv olish limitlari to‘g‘risida kelishib oldilar.

Hujjatda Sirdaryo va Amudaryo havzalaridagi suv omborlarining ishlash rejimi, shuningdek, 2023–2024-yillarda oʻsish davridagi suv olish limitlari belgilandi.

Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan hujjatda aprel oyi boshiga qadar Qozog‘istondagi Shardara suv omboriga 11 kub metrdan ortiq suv quyilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, «Do‘stlik» davlatlararo kanali orqali 487 million kub metr suv olib chiqilishi kutilmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar Orol dengiziga 1,6 milliard kub metr suv yetkazib berishni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov O‘zbekiston Andijon suv omboridan Farg‘onaga ichimlik suvi yetkazib berish niyatida ekani haqidagi ma’lumotga izoh bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Andijon suv omborini boshqarish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Shuningdek