Surxondaryoda arxeologik yodgorlik o‘rnida hojatxona qurildi

eʼlon qilindi
Yetqazilgan zarar 266 million so‘mni tashkil qildi
Foto: Toptj.

Surxondaryo viloyatida I–IV-asrlarga oid «Xushvaqtepa» tarixiy manzilgohi oʻrnida oʻzboshimchalik bilan hojatxona qurilgan. Yetkazilgan zarar 266 million soʻmni tashkil etdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi.

Viloyatda jami to‘rtta tarixiy meros obekti vandalizm oqibatida zarar ko‘rgan.

Miloddan avvalgi V–I asrlarga oid «Tallagan tepa» arxeologik yodgorligida avtomobil yoʻli qurilishi natijasida 40 kv. m maydon buzilgan. Zarar 888 million so‘mga baholangan.

«Gurintepa» tarixiy maskani hududida uy-joy qurilishi natijasida 4,7 mlrd.so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

V–VII-asrlarga oid «Toshtepa» yodgorligi oʻrnida noqonuniy ravishda molxona qurilgan. Yetkazilgan zarar 1,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

«Kursiv» avvalroq Surxondaryo viloyatida qadimiy dafn topilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek