Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi – video

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Moʻynoq sanoat zonasidan tutun koʻtarilmoqda
Foto: Telegram

Internet tarmog‘ida foydalanuvchilar Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yirik yong‘in haqida xabar berishmoqda.

Yong‘in Mo‘ynoq sanoat zonasida sodir bo‘lgan. Videoda katta tutun ko‘tarilgan. Toshkentning Yashnobod tumanida sodir boʻlgan yongʻinning tutuni Sergelidan koʻrinadi, deb xabar beradi «Kursiv» muxbiri. Video Xonobodga olib boruvchi yangi avtomagistraldan olingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahrining Yashanobod tumanida yuz bergan yong‘in tafsilotlarini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in haqidagi dastlabki xabarlar 3 noyabr kuni soat 10:40 da olingan.

Yong‘in Jarqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan korxonada sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 8 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi soat 10:45 da yetib keldi. Soat 11:24 da yong‘in qurshab olindi, 11:54 da to‘liq o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlari voqea joyiga borishdi.

Shuningdek