Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovining oraliq intervallari 5-8 daqiqa bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yaqin olti yillikda
Foto: Unsplash

Yaqin olti yillikda Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovining oraliq intervallari 5-8 daqiqagacha qisqartiriladi. Bu haqida rasmiy xabarlar telegram kanali xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, poytaxtda transportda harakatlanishning 25%, yaʼni 1,5 millioni avtobus, metro mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni shaharda kun davomida harakatlanadigan 900 ming avtotransportda amalga oshiriladi.

Aholini shaharda harakatlanishga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq, sifatli va xavfsiz jamoat transporti bilan taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Xabarda aytilishicha, bugungi kunda, siqilgan tabiiy gazda 1 020 tasi (52%), elektr quvvatda 322 ta (16,6%), dizel yoqilg‘isida 617 tasi (31,4%) avtobuslar xarakatlanmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda 1-noyabrdan jamoat transporti narxi oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek