Yana bir kriptobirjaga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi

eʼlon qilindi
O'zbekistondagi ikkinchi birjaning asoschisi Kim Aleksandr Rodionovichdir
Foto: Scharfsinn / depositphotos.com

O‘zbekistonda COINPAY MCHJga kriptobirja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan. Bu haqida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lum qildi.

Yangi birja asoschisi 100% Kim Aleksandr Rodionovichdir. Birjadan tashqari, u xuddi shu nomdagi kripto do’konining egasi.

Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.

Aytish kerakki, COINPAY O‘zbekiston Respublikasidagi ikkinchi litsenziyalangan kriptobirjadir. 2019-yil oxirida Janubiy Koreyaning Kobea Group OAJ UzNEXni ochish uchun litsenziya oldi. Hozirda ushbu birjada so’m bozorida 10 juft tanga sotilmoqda. Mashhur Bitcoin va Ethereum’dan tashqari, boshqalar ham bor. Misol uchun, Cardano (ADA) tangasi yaqinda sotuvga chiqarildi.

Avvalroq, «Kursiv» Ripple kriptovalyutasi O‘zbekistonda rasman paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek