Italiya prezidenti O‘zbekistonga keladi

eʼlon qilindi
Strategik hamkorlikni mustahkamlash maqsadida
Foto: livephotosport / www.depositphotos.com

Fransiya yetakchisi Emmanuel Makrondan keyin Italiya prezidenti Serjio Mattarella O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi Agenzia Nova axborot agentligi.

6-noyabr kuni Mattarella ikki davlatga: avval Janubiy Koreyaga, keyin esa O‘zbekistonga tashrifini boshlash niyatida. Rasmiy safardan maqsad davlatlar bilan strategik hamkorlikni mustahkamlashdan iborat boʻladi. Italiya rahbarining O‘zbekistonga bu tashrifi 1997-yildan beri ilk bor bo‘ladi.

Agentlikning qayd etishicha, Toshkent bilan hamkorlik Rim uchun alohida ahamiyatga ega, chunki O‘zbekiston Xitoy va Rossiya o‘rtasida muhim o‘rinni egallab, Yevropa va Uzoq Sharq o‘rtasidagi yo‘lda joylashgan.

«Rim O‘zbekistonga o‘z muxtoriyatini saqlab qolish va G‘arb bilan munosabatlarni mustahkamlashga yordam berishi mumkin», deyiladi materialda.

Mattarella shuningdek, Ukraina va Isroildagi harbiy mojarolarni Janubiy Koreya va O‘zbekiston rahbariyati bilan muhokama qilishni rejalashtirgan. Safarda siyosatchiga uning qizi Laura hamda Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi rahbari o‘rinbosari Edmondo Chirielli hamrohlik qiladi.

2022-yil iyun oyida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Mamlakatimiz Markaziy Osiyoning boshqa to‘rtta davlati qatori O‘rtayer dengizi bo‘yicha hamkori bilan doimiy maslahatlashuvlarda ishtirok etmoqda.

«Kursiv» yozganidek, Fransiya prezidenti Makron noyabr oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Davlat rahbarlari oʻrtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga koʻtarishga kelishib olishdi. Ular ishtirokida sakkizta hujjat, jumladan, Samarqandda Fransuz alyansi bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Shuningdek