Nike New Balance kompaniyasini intellektual mulkni o’g’irlashda aybladi

eʼlon qilindi
Skechers ham sudga tortilmoqda

Reuters axborot agentligi xabariga k’ora, Nike savdo belgisi  New Balance va Skechers kompaniyalarini patent huquqlarini buzganlikda ayblab sudga berdi.

Kompaniyaning fikricha, ular krossovkalar ishlab chiqarishda Nike Flyknit texnologiyasidan foydalanganlar. Uning tarkibida poyabzalning yuqori qismini yengillashtiradigan yuqori chidamga ega  tolalar ishlatilgan.

New Balance raqobatchilarning intellektual mulk huquqlarini hurmat qilishini ta’kidladi. Biroq, Nike an’anaviy usullardan foydalangan holda poyabzal ishlab chiqishi va ishlab chiqarishi bo’yicha eksklyuziv huquqqa ega emas, deya ta’kidladi New Balance kompaniyasi.

Avvalroq Nike kompaniyasi Skechers va boshqa sport poyabzali ishlab chiqaruvchilari ustidan shikoyatlarini bildirgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr, seshanba kungi savdolar yakuniga ko‘ra, Nike aksiyalari 0,18 foizga qimmatlashib, 107,25 dollarni tashkil qilgan. Skechers aksiyalari 3,06 foizga oshib, har bir aksiya uchun 49,16 dollarni tashkil qildi. New Balance ommaviy sotiladigan kompaniya emas.

Avvalroq, Kursiv O’zbekistonda Nike poyabzallari ishlab chiqarishni boshlaydi deb xabar bergan edi

Shuningdek