Ular Qozog‘istondagi Magnum Cash&Carry tarmog‘ining O‘zbekistondagi do‘konlari sonini ikki baravar ko‘paytirmoqchi. 2024-yilda o‘nta savdo shoxobchasini ochish rejalashtirilgan, dedi kompaniyaning logistika bo‘yicha direktori Mixail Filippov.
«Biz O‘zbekistonda faoliyatimizni kengaytirishda davom etamiz. Ikki do‘konga beshta do‘kon qo‘shildi, kelasi yili yana o‘nta do‘kon ochiladi», — deya Filippov so‘zlaridan iqtibos keltirgan Qozog‘istonning Forbes nashri. Bu haqda Magnum Cash&Carry logistika bo‘yicha direktori Olmaotadagi Tradex savdo forumida ma’lum qildi.
Magnum Cash&Carry matbuot xizmati «Kursiv»ga maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda ikkita yangi doʻkon uchun joylar allaqachon tanlangan. Yana ikkita savdo shoxobchasini joylashtirish variantlari muhokama qilinmoqda, qolgan loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Magnum Cash&Carry tarmog‘i O‘zbekistonda ilk do‘konlarini 2021-yilda ochgan. Qozog’istonda kompaniyaning 230 dan ortiq gipermarketlari, minimarketlari va boshqa formatdagi savdo nuqtalari mavjud.
Magnum Cash&Carry 2022 yilda Qozog’istonning ellikta yirik xususiy kompaniyalari reytingida ettinchi o’rinni egalladi.
«Kursiv» avgust oyida qozoq riteyleri «Majid Al Futtaim» MChJning O‘zbekistondagi 100% aksiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishganini yozgan edi. Bu kompaniya O’zbekistondagi Carrefour supermarketlar tarmog’iga egalik qilgan.
2022-yil dekabr oyida Magnum o‘zbek riteylerlari orasida o‘rtacha chek bo‘yicha yetakchiga aylandi. Qozog‘iston tarmog‘i do‘konlarida o‘zbekistonliklar bir vaqtning o‘zida o‘rtacha 18,2 dollarga mahsulot xarid qilishgan.