Uzbekistan Airways Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY602 reysi Domodedovo aeroportida texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.
Yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi va ularga kompensatsiya sifatida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatildi.
Avvalroq, Kursiv Toshkentdan Madinaga uchayotgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra orqaga qaytarilgani haqida yozgan edi.