Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri kutubxonasida ikki yoshning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Renessans TV telekanalining «Ovoza» dasturida xabar berildi.
Kelin «Amiri» kutubxonasida mudiri bo’lib ishlagan, kuyov esa kutubxonaga tez-tez kelib kitob o‘qib turardi. Ikkalasi ham to’y marosimini kutubxonada o’tkazishga qaror qilishgan.
Marosimda Qo‘qon shahri hokimi Maruf Usmonov ham ishtirok etib, yoshlarga baxt tilagan.
Avvalroq, to’y marosimi uchun mehmonhona va boshqa to’y chiqimlari haqida yozgan edik.